“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 sentyabrdagi qarori bilan Miryashin Mirxasilovich Sagatov “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sagatov bungacha “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Pillani qayta ishlash va ipak matolar to‘qish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekipaksanoat Miryashin Sagatov

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing