“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari tayinlandi.

Qaror bilan:

Baxrom Qurbonovich Sharipovga “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajarish yuklatildi;

Olimjon Sadulloyevich Jumayev Uyushma raisining istiqbolli rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi;

Hamid Orifovich Ochilov Uyushma raisining ozuqa bazasini rivojlantirish va pilla tayyorlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi;

Gul Mohibullah Rahman Uyushma raisining gilamchilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi;

Shuhrat Abdulazizovich Abdulazizov Uyushma raisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari - Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Asan Aziyevich Jarasbayev “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining ishlab chiqarish va eksport masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekipaksanoat

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing