O‘zbekcha yumshoq kuch: Lavrovning lag‘moni
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
8014Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan RF Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning nonushtasi surati joylashtirildi.
“Toshkentda vazir uchun lag‘mon tayyorlandi - Sergey Viktorovichning sevimli taomi. O‘zbekcha yumshoq kuch amalda”, deyiladi elchixona rasmiy sahifasida..
Ma’lumot uchun, Sergey Lavrov 15 yanvar kuni kechqurun Toshkentga keldi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
LiveBarchasi