O‘zbek yengil atletikasi yulduzidan navbatdagi oltin medal

Sport

image

Kecha, 23 iyun kuni Polshaning Opole shahrida yengil atletika bo‘yicha “Opolski Festiwal Skoków” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jahonning taniqli atletlari ishtirokida kechgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham o‘z omadini sinab ko‘rishdi.

Quvonarlisi, musobaqada ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida qatnashgan o‘zbek sportchisi Nadiya Dusanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Ukraina vakilasi Irina Gerashenkoga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik Alessiya Trost kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

E’tiborlisi, barcha sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Dusanova ushbu balandlikni birinchi urinishning o‘zidayoq zabt eta olgani uning yuqori o‘rindan joy olishini ta’minladi. Qolgan sovrindorlar bu natija uchun 2 tadan urinish sarflashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nadiya Dusanova Balanlikka sakrash Engil atletika

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing