O‘zbek o‘rigi Hindiston supermarketlarida sotilmoqda

Jamiyat

image

Namangan viloyatida yetishtirilgan o‘riklar Hindiston bozorlarida ham sotilyapti. Bu haqda Namangan shahrida o‘tayotgan “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsiya forumi ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ma’lum qildi, deb xabar berdi Qalampir.uz muxbiri. 

“Mevalarimiz faqat G‘arbni emas, Sharqni ham zabt etmoqda. Bu yil Hindistonning “Casa Bianca” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladik. Natija o‘laroq, bizning shirin ta’mli o‘riklarimizning birinchi partiyasi Hindistondagi supermarketlarga borib yetdi.

O‘zbekiston – quyoshli o‘lka. Bizning mamlakatimizda yilning 300 kundan ko‘pi quyoshli hisoblanadi. Aynan shuning uchun dunyodagi eng shirin va sarxil mevalar – bizning mevalarimizdir. Bundan bir hafta avval, Namanganda yetishtirilgan gilosga barcha kerakli sifat sertifikatlari berilib, birinchi marta Angliyaga eksport qilindi va London supermarketlari peshtaxtalaridan o‘rin oldi. Bu o‘z o‘zidan bo‘lmadi, buning orqasida albatta, katta jamoaviy mehnat yotibdi”, dedi forum ochilishida so‘zga chiqqan Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

Avval xabar qilganimizdek, ushbu forumda xorijdan nufuzli mehmonlar, chet ellik va mahalliy sarmoyadorlar, tadbirkorlar, viloyat hokimligi vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan investitsiya xalqaro forum

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing