O‘zbek-tojik chegarasiga hujum qilganlar orasida 13 nafar bola bo‘lgan — MXDQ

Olam

image

Joriy yilning 6 noyabr kuni Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishqobod” chegara punktiga qilingan qurolli hujumda terrorchilar orasida 13 nafar voyaga yetmagan bolalar ham bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakili Muhammad Saidov bugun, 26 noyabr kuni Dushanbeda o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilgan. 

Saidov o‘z chiqishida “Ishqobod” chegara postiga hujumda 9 nafar erkak, 11 nafar ayol va 13 nafar (4 yoshdan 15 yoshgacha) voyaga yetmagan bolalar bo‘lganini ma’lum qilgan.

MXDQ amaldorining so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar bir necha oila vakillari bo‘lgan va doimiy ravishda So‘g‘d viloyatida yashagan. Oilalar juda boy bo‘lgan. Ayni vaqtda, guruh rahbari Shuhrat G‘ofurovning moddiy boyligi million somoniy miqdorda baholanmoqda.

Qayd etilishicha, ular bir oy avval bu odamlar Dushanbega ko‘chib kelishgan va bir uyda yashashgan. Militsiya xodimlari esa bir uyda 30 dan ortiq odam yashayotganini bilishgan, lekin bunga yetarli darajada e’tibor qaratishmagan.

Eslatib o‘tamiz, 20 nafar terrorchining 15 nafari yo‘q qilingan, 5 nafari qo‘lga olingandi. Qurolli to‘qnashuvda 5 nafar Tojikiston fuqarosi ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ishqobod

Baholaganlar

991

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing