O‘zbek-tojik chegarasidagi postga qurolli hujum uyushtirildi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
13294Bugun, 6 noyabr kuni soat 3:23 da 20 kishilik yuziga niqob taqqan qurolli guruh Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishkobod” chegara punktiga qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda “Xovar” xabar berdi.
Chegara zastavasi Rudakki tumanida Dushanbedan 50 km g‘arbda o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan.
“Hujum vaqtida ular 5 ta o‘qotar qurolni qo‘lga kiritgan. Kuch ishlatar tuzilmalarning operatsiyasi natijasida qurollangan shaxslarning 15 nafari yo‘q qilingan, 5 nafari qo‘lga olingan”, deyiladi xabarda.
Qurolli to‘qnashuvda bir askar va Tojikiston IIVning bir xodimi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tezkor-tergov guruhi tuzilgan va surishtiruv ishlari olib borilyapti.
LiveBarchasi