“Uzbek Tigers” faoliyati tugatildimi?
Sport
−
12 fevral 2019 11164 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim internet-nashrlarda “Uzbek Tigers” boks jamoasi tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston boks federatsiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgan. Bunga havaskor terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
“Zamon” axborot-tahliliy dasturida mazkur xabarlarga oydinlik kiritildi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasi Matbuot kotibi Umid Mirzaqoriyev shunday deydi:
“Uzbek Tigers” jamosi o‘z faoliyatini davom ettiryapti. U tarqab ketgani yo‘q. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladik. Batafsil o‘rganganimizdan keyin, bu haqda xabar beramiz.
Ayni kunlarda “Uzbek Tigers” jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borib, tayyorgarlik ko‘rmoqda. Surishtiruvlardan keyin batafsil javob beramiz”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga Saken Jetibayevich Polatov tayinlangan edi. Bungacha lavozimda 2014 yildan Sherzod Toshmatov ishlagan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr