Boks: O‘zbekiston terma jamoasining harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun tarkibi aniq bo‘ldi 

Sport

image

Joriy yilning 18-25 sentyabr kunlari Rossiyada harbiylar o‘rtasida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘tkaziladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, bugun, 7 sentyabr kuni boks bo‘yicha mamlakat terma jamoasi murabbiylar kengashi ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibni e’lon qilgan.

Musobaqada 15 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadi. Abdumajid Mannopov, Foziljon Abdumurodov, Samandar Xolmurodov, Shunqor Abdurasulov, Mujibillo Tursunov, Bilolbek Mirzarahimov, Nurislom Ismoilov, Shohrux Rustamov, Javohir Tog‘aymurodov va Laziz Mullajonov erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda g‘oliblik uchun jang olib borsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Aziza Yoqubova, Sitora Turdibekova, Rayhona Qodirova, Navbahor Hamidova va Mavluda Mavlonova o‘z vaznlarida jahon chempionligi uchun janglarda qatnashadi.

Jahon chempionati bahslarining hakamlari ro‘yxatida o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi referi Bekjon Yusupov va Qahramon Karimov qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks federatsiyasi Boks Bilolbek Mirzarahimov Harbiylar Jahon chempionati

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing