Sherali Jo‘rayev 77 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” xabar berdi.

Sherali Jo‘rayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Sherali Jo‘rayevga O‘zbekiston xalq artisti, 2018 yilda Tojikiston xalq artisti unvonlari berilgan. 1991 yilda u Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2022 yilning 12 aprelida Prezident farmoniga binoan Sherali Jo‘rayev o‘zining 75 yillik yubileyida “El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.

Sherali Jo‘rayev tabiatan shirali ovozga ega edi. Uning ijrosidagi qo‘shiqlar xalqchilligi, mushohada va falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi bilan ajralib turadi.

Jo‘rayev repertuari ko‘p qirrali va rang-barang bo‘lib, qo‘shiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sa’diy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomiy va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning she’rlari tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya Sherali Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made