O‘zbek olimlari silga qarshi dori ixtiro qildi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 7425 1 daqiqa
O‘zbekistonda silga qarshi “Biomayrin 600 mg” preparati yaratildi. Uni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘FA) Bioorganik kimyo institutida yetakchi ilmiy xodimi Sh. Shomurotov rahbarligidagi bir guruh olimlar ixtiro qilishgan.
“Ushbu preparat poligalakturon kislotasi (pektin) va silga qarshi preparatlar – izoniazid, etambutol va rifampitsin asosida olingan”, deyiladi Fanlar akademiyasi xabarida.
Mazkur preparatning afzalligi shundaki, u makromolekulyar tabiatga ega bo‘lib, tabiiy polimer poligalakturon kislota makromolekulasiga silga qarshi izoniazid, etambutol va rifampitsin kimyoviy bog‘lar vositasida bog‘langan.
Buning natijasida ushbu kasallikka qarshi boshqa preparatlarga nisbatan organizmga nojo‘ya ta’siri bir necha marta kamaygan hamda organizmdagi samarali ta’sir vaqti bir necha bor ortgan.
Ta’kidlanishicha, preparat patogen hujayralarga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi, silning turli shtammlariga nisbatan yuqori faollikka ega.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025