Fattoh Shodiyev 50 ta uy qurilishiga homiylik qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan “Xovos siti”dagi 50 ta ikki va uch xonali, ikki sotixli hovliga ega uylar qurilishi “Shodiyev Xalqaro fondining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi” tomonidan homiylik asosida moliyalashtirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Fattoh Shodiyev tomonidan tashkil etilgan mazkur vakolatxona delegatsiyasi shu yil 9 aprel kuni Guliston shahriga tashrif buyurgan edi.

Delegatsiya a’zolarining Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan bo‘lgan uchrashuvida vakolatxona tomonidan viloyat aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, vohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, “Obod qishloq” daстури ijrosiga hissa qo‘shish maqsadida 40 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilinganligi bildirilgandi. Shuningdek, ushbu mablag‘ning bir qismi “Xovos siti” qurilishiga yo‘naltirilishi ham ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, belgilangan loyihaga ko‘ra “Xovos siti”da yana 100 ta ana shunday turar-joy qurilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, jami 30 ta ko‘pqavatli binolar bunyod etish ishlari ham jadal davom etmoqda. Mazkur uylar bitgach 1000 ga yaqin oila zamonaviy xonadon sohiblari bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Obod qishloq Fattoh Shodiev Xovos siti

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing