O‘zbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi
Sport
−
31 yanvar 2024 31056 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijaraga berildi. Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati xabar berdi.
“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini APL ishtirokchisi “Brentford” klubida davom ettiradi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar “Brentford”da ijara asosida o‘ynaydi.
Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. O‘rinboyev “Paxtakor”da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr