O‘zbek futbolchisi boshida suzish qalpog‘i bilan gol urdi

Sport

image

Rossiya Premer ligasi 27-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Krasnodar” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.

“Rostov-Arena”da kechgan murosasiz bahsda kuchlar teng keldi. 25-daqiqada “Krasnodar” vakili Klasson penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada o‘zbek futbochisi Eldor Shomurodov o‘zining aniq zarbasi bilan jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

E’tiborlisi, bu paytda Eldorning boshida suzishda foydalaniladigan bosh kiyim bor edi. U 79-daqiqada raqib himoyachisi Aleksandr Martinovich bilan to‘qnashib ketgan va klub shifokorlari unga suzish qalpog‘ini kiydirib qo‘yishgan edi.

O‘yindan keyin, “Rostov” klubining tvitterdagi rasmiy sahifasida klub timsoli tushirilgan suzish qalpoqlarini sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Bu qalpoqlar "eldorka" deb nomlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing