O‘zbek futbolchisi BAA chempioniga aylandi
Sport
−
16 may 2019 7224 1 daqiqa
Tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov to‘p surayotgan “Sharja” klubi BAA chempioniga aylandi.
Kecha, 15 may kuni sharjaliklar jamoasi BAA Pro-ligasining 25-turi doirasida o‘z maydonida “Al Vahda” jamoasi bilan bellashdi.
Ajoyib va gollarga boy o‘tgan bahsda “Sharja” 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi va 6-marta BAA chempionligini tantana qildi.
O‘yinda o‘zbek futbolchisi ishtirok etmadi. Xabaringiz bor, Otabek Shukurov mart oyining oxirida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Xitoyga qarshi kechgan o‘yinda oyog‘ini sindirib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Shukurov bu mavsumda BAA klubi tarkibida 17 ta o‘yinda qatnashib 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
“Sharja” – “Al Vahda” 3:2 (1:1, 2:1).
Gollar: Igor Koronado (30, 57), Velliton Morais (46) - Leonardu (40), Sebastyan Tangiabyue (76).

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr