O‘zbek filmi Anapa festivali g‘olibi bo‘ldi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019
3551Rossiyaning Anapa shahrida o‘tkazilgan XXVIII “Kinoshok” ochiq festivalida eng yaxshi to‘liq metrajli filmi uchun “Zolotaya loza” (“Oltin novda”) bosh sovrinini o‘zbekistonlik Umid Hamdamov tasvirga olgan “Issiq kulcha” filmi qo‘lga kiritdi. Filmdagi rollardan birini ijro etgan Feruza Saidova festivalning eng yaxshi aktrisasi deb topildi.
“Issiq kulcha” filmidagi voqealar o‘smir qiz Zulfiyaning buvisi va yangasi bilan munosabatlari haqida boradi. Zulfiyaning onasi shaharda ishlashga majbur, qiz esa qishloqda buvisi bilan yashaydi. Qiz shaharga onasining oldiga ketishni, uni yonida bo‘lishni orzu qiladi.
Film 2018 yilda “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan. U “Oltin Humo” milliy mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovda “Yilning eng yaxshi filmi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi montaj” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikka loyiq ko‘rilgan.