Rubl “qulayapti”. O‘zbek migrantlari ortga qaytadimi?

Jamiyat

image

Rossiya rubli "qulashi" va dollarning ko‘tarilishi fonida mamlakatdagi o‘zbek migrantlari daromadining qariyb uchdan bir qismini yo‘qotdi. Bu haqda “BFM.ru” nashri xabar berdi.

Bunga o‘zbek migrantlarining mamlakatda ishlab topgan rubllarini dollarga aylantirib, uyiga jo‘natishi sabab bo‘lgan. Rubl qiymatining tushishi va dollarning oshishi natijasida migrantlarning daromadlari miqdori ayirboshlash vaqtida keskin kamayadi. Bu esa ularning moliyaviy ahvolini qiyinlashtiryapti.

Bugungi kunda Rossiyada istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolarining soni 3 millionga yetgan. Dunyo bo‘ylab barcha mehnat muhojirlari orqali O‘zbekistonga kirib kelgan 17,5 milliard dollarning 14,5 milliardi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keladi. Qolganlari esa AQSH, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya va Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.

Bildirilishicha, rublning qadrsizlanishiga qaramay, migrantlar baribir o‘z uylariga qaytmaydi. Bunday tushishlar avval ham kuzatilgan va ular bunga moslashgan. 

“Rublning qulashi tufayli Rossiyani tark etishlar bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ular kamroq  sigir sotib oladi yoki 500 emas, 300 kishiga to‘y qiladi. Chunki odamlar charchaganlaridagina ketishadi. Ular odatda Moskvada ishlab topgan puliga Toshkent viloyatidan kvartira sotib olardi. Endi esa ipoteka krediti uchun 4 million so‘m to‘lashlari kerak. Mamlakat esa 2 million yoki 2,5 million ish haqi taklif qilayotgan bir vaqtda, 4 million oylik ipotekani qanday to‘lash mumkin?” dedi Umumrossiya o‘zbeklar qurultoyi Taftish komissiyasi a’zosi Abdukarim Otajonov.

Boshqa tadbirkorlar ham muhojirlarning uylariga qaytishidan umid qilmaslik haqidagi fikrlarni qo‘llab-quvvatlamoqda:

“Rublning qulagani muhojirlar oqimining qisqarishiga olib kelishi mumkin, biroq ularning ko‘plari baribir rublning barqarorlashishini kutadi”, deydi “Arikapital” kompaniyasi sarmoya strategi Sergey Suverov.

Ma’lumot uchun, rublning qiymati nafaqat dollar va yevroga, balki MDH mamlakatlari valyutalariga nisbatan ham anchagina pastladi. Xususan, 2021 yilga nisbatan o‘rtacha hisobda o‘zbek so‘mi 20 foizga o‘sgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Putinga muhojirlar ustidan shikoyat qildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya dollar O'zbek migrantlari Rubl'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing