O‘zbek boksi og‘ir judolikka uchradi
Sport
−
30 yanvar
28115Farg‘ona viloyati boks terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, Xalqaro toifadagi hakam, O‘zbekistonda boksni rivojlanishiga katta hissasini qo‘shib kelgan Stanislav Bo‘tayev 83 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Stanislav Bo‘tayev o‘zining murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab sport ustalari va Xalqaro musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan. U 1980 yil (Moskva) va 2004 yilgi (Afina) Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqalarida hakamlik qilgan.
“O‘zbekiston boks federatsiyasi nomidan marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz va sabr tilaymiz”, deyiladi manba xabarida.
LiveBarchasi