O‘zbek bokschilari Osiyo chempionatiga yo‘l oldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 19 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi.

Musobaqada Osiyo qit’asining turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishadi. Bugun, 13 aprel kuni chempionatda ishtirok etuvchi o‘zbek bokschilari Bangkokka yo‘l olishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:                                 

- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov           
- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov                 
- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov       
- 60 kg: Shukurjon Rahimov                
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov           
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov             
- 75 kg: Isroil Madrimov                     
- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov                
- 91 kg: Sanjar Tursunov                      
+ 91 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: Marat Qurbanov.

Ayollar:

- 48 kg: Fotima Tursunboyeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva 
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Meliyeva 
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova 
- 81 kg: E’zoza Meliyeva 

Katta murabbiy:  Lochin Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing