O‘zbek bokschilari Osiyo chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirmoqda
Sport
−
20 aprel 2019
4199Xabaringiz bor, Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ikkinchi kun doirasida bugun bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarilishdi.
O‘zbekiston terma jamoasining nomdor vakili Isroil Madrimov 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida dastlabki jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Bu bosqichda uning raqibi vetnamlik Trung Vu bo‘ldi. Raqibidan har jabhada ustunlik qilgan Isroil hech qanday qiyinchiliksiz keyingi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilardan Shunqor Abdurasulov (-64 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) Shukurjon Rahimov (-60 kg), Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg) lar ham bugun o‘z janglarini o‘tkazib, g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi