O‘zbek bokschilari xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Sport

image

Vengriyaning Debretsen shahrida boks bo‘yicha Ishtvan Bochkai xalqaro xotira turniri janglari davom etmoqda. 9 fevral kuni 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

Ziyovuddin Alijonov, Samandar Xolmurodov, Aydos Tagaybayev, Oybek Jo‘rayev, To‘rabek Xabibullayev va Rahmatillo Boymatov kechagi janglarda g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Kamron Turg‘unboyev va Doniyor Bekmurodov raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 

Ma’lumot uchun, 11 fevral kuni xalqaro turnirning hal qiluvchi janglari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing