O‘zbek ayollari nomida 16 ta stipendiya joriy etildi. Ular orasida qaysi mashhurlar bor?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi 16 ta stipendiya ta’sis etildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, stipendiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan joriy etilgan.

Ta’sis etilgan stipendiyalarning umumiy soni 16 ta bo‘lib, ularni aynan 16 ta oliy ta’lim muassasi talabalarigina olishlari mumkin.

Stipendiya nomlari va ularni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega oliy ta’lim muassasalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Shuningdek, ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyalar ichida Halima Xudoyberdiyeva, Mukarrama Turg‘unboyeva, Munojat Yo‘lchiyeva kabi mashhur san’at namoyandalarini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva nomida stipendiya joriy etilgani hamda san’at vakillarining bir qanchasi o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida maqom ijrochisini bu yutuq bilan tabriklagani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

stipendiya talabalar Munojat Yo'lchieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing