“O‘zavtosanoat” birinchi chorakda 60 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi

Jamiyat

image

2019 yil I chorakda “O‘zavtosanoat” tarmoq korxonalari tomonidan umumiy qiymati 7 588,3 mlrd so‘mdan ziyod tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qilmoqda.

Ushbu davr mobaynida 59,5 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yil bilan solishtirganda 51,4 foizga ko‘proq deganidir. Shuningdek, 990 ta ISUZU avtobusi va yuk mashinasi, 317 ta MAN avtobusi va yuk mashinasi va 414 ta KamAZ yuk mashinasi konveyerdan chiqdi.

Tarmoq korxonalari tomonidan, shuningdek, umumiy qiymati 5 175,3 mlrd so‘mlik xalq iste’moli tovarlari chiqarildi, 2018 yil I choragiga nisbatan o‘sish sur’ati 166,6% bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat

Baholaganlar

15

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing