“UZAUTOMOTORS” avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mlngacha tushiradi – komissiya qarori

Jamiyat

image

“UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxlarini 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha tushiradi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev Telegram’dagi kanalida xabar berdi. 

Biroz avval, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi bugun, 19 avgust kuni ko‘rib chiqilayotgani, unda AJdan vakil ishtirok etmayotgani haqida xabar bergan edik. 

G‘aniyevning qayd etishicha, qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobillar narxlarini assossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra avtomobillar narxlari 3mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan.

Shunga ko‘ra komissiya "UZAUTOMOTORS” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 

G‘aniyevning ta’kidlashicha, mart oyidan buyon, ya’ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob-kitob qilish topshirig‘i berilgan.

Deputat komissiya qarori majburiy kuchga ega ekanini eslatadi, kompaniya komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi mumkinligini eslatadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida "UZAUTOMOTORS” Damas va Spark avtomobillarining narxini 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti narxini 15 foizgacha oshirgan edi. Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UZAUTOMOTORS

Baholaganlar

1542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing