“UzAutoMotors” Asaka zavodi yanvar oyida faoliyatini to‘xtatadi

Jamiyat

image

Ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida “UzAutoMotors” Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borilgan, natijada “UzAutoMotors” rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritgan. Kelgusi yaqin yillarda GM tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olingan.

Shu bilan bir vaqtda, Respublikaning barcha hududlaridagi ”Chevrolet” dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini “Chevrolet” brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning shartnomalari bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

“UzAutoMotors”

Baholaganlar

2283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing