“UzAuto Motors” taklifi va Kusherboyev e’tirozi: Cobalt bilan bog‘liq vaziyatning qonuniyligi o‘rganilmoqda
Jamiyat
−
22 Oktabr 2021
23564O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “UzAuto Motors” AJ tomonidan iste’molchilarga Chevrolet Cobalt rusumli 4-pozitsiya avtomobillarini modulsiz yetkazib berish taklifi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bormoqda. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning so‘rov xatiga asosan o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, “UzAuto Motors” AJ iste’molchilarga 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni avtomobil o‘rindig‘ini isitish modulisiz yetkazib berishni taklif qilgandi. Shunda mijozlar mashinani 1 mln so‘m arzonroqqa sotib olishi mumkin bo‘lardi.
Bu taklifga Rasul Kusherboyev munosabat bildirib, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida “Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko‘rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo‘lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo‘lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lashi kerakligini eslatdi.
“UzAuto Motors” AJ Kusherboyevga javob qaytarib, deputatni o‘zi ko‘rsatgan qonunni o‘qimaganini aytib chiqdi.
LiveBarchasi