“UzAuto Motors” ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqaradi
Jamiyat
−
29 dekabr 2019
11980Avvalroq, "UzAuto Motors” kompaniyasi yangi Traiblazer, Equinox, Traverce, Tahoe avtomobillarini namoyish etgani va narxlarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 dekabr kuni “UzAuto Motors” kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rekord natija qayd etgan.
2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi.
Xabarga ko‘ra, “UzAuto Motors” 2020 yilda xaridorlarga yagona platformadagi ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yuborgan. 2020 yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib borilmoqda. Shu sabab korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6 yanvargacha vaqtincha to‘xtatilgan.
“Shu munosabat bilan kelayotgan 2020 yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda. Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Ma’lumot uchun, kompaniya yaqinda taqdim etgan yangi avtomobillarning eng arzoni 225 652 174 so‘mdan boshlanib, eng qimmatining narxi 691 304 348 so‘m deb e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi