UzAuto Motors may oyini rekord ko‘rsatkich bilan yakunladi
Biznes
−
02 iyun 2023
10197May oyi UzAuto Motors uchun rekord darajada ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bilan yakunlandi. Joriy yilning may oyida kompaniya zavodlarida 39 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, ushbu hajmning 92 foizi ichki bozorga yo‘naltirilgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmini oshirish dasturi doirasida UzAuto Motors ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va modernizatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda. Ishlab chiqarilgan avtomobillar sonini ko‘paytirish maqsadida zavod 24/7 ish rejimiga o‘tkazilgan. Zavodlarning o‘rtacha quvvati odatda oyiga 30 000 dona avtomobil ekanligini hisobga olsak, may oyida 25 foizga ko‘proq avtomobil ishlab chiqarilgan.
“Ichki bozor talabini to‘liq ta’minlash maqsadida UzAuto Motors bundan buyon ham ushbu sur’atni saqlab qolishni davom ettirib, maksimal natijalarga erishishga harakat qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda UzAuto Motors 327 639 dona avtomobil ishlab chiqarib, rekord o‘rnatgan va bu kompaniyaga MDHda yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylanish imkonini bergan.
LiveBarchasi