“UzAuto Motors” Lacetti va Labo kutayotgan mijozlar uchun yomon xabarni e’lon qildi

Jamiyat

image

“UzAuto Motors” AJ 2021 yilning oktyabr-noyabr oylarida Chevrolet Lacetti va Labo avtomobillarini olishi kerak bo‘lgan xaridorlarni ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qilgan.

“Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors”ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli, yarimo‘tkazgichlardan (mikrochiplardan) tayyorlangan butlovchi qismlarning global taqchilligi sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan Chevrolet Lacetti  hamda Labo  avtomobillarining kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur”, deyiladi xabarda.

“UzAuto Motors” AJ ushbu ekstremal chora iste’molchilar tomonidan to‘g‘ri tushunilib, qabul qilinishiga umid bildirgan.

Avvalroq, kompaniya 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt'ni kutayotgan xaridorlarga avtomobilni isitish o‘rindig‘i modulisiz taklif etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

2816

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing