UzAuto Motors'da korrupsion holat aniqlandi
3-sahifa
−
15 iyul
24636Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors AJ tomonidan joriy yilning 8 iyul kuni o‘tkazilgan 1,3 milliard so‘mlik davlat xaridida yaqin qarindoshlar ishtirok etib, g‘olib bo‘lganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik sub’ektlarining rahbar va ta’sischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi ma’lum bo‘lgan. Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan.
O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.
LiveBarchasi