“UzAuto Motors” AJga bosh direktor tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rustam Baxtiyorovich Rajabov “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatiga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlar darak bermoqda.

Joriy yilning 26 aprel kuni “UzAuto Motors” AJ yuqori boshqaruv organi tomonidan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan.

Unda kompaniyaga bosh direktor tayinlash haqida umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabul qilingan.

Qaror bilan Rustam Rajabov kompaniyaning 2021 yildagi natijalari ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 2022 yil 30 iyundan kech bo‘lmagan, bir yillik muddatga bosh direktor etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Rustam Rajabov shu kunga qadar kompaniyani bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida boshqarib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

826

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing