“UzAuto Motors” 2020-2021 yillarda davlatga qancha soliq to‘lagan?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2020 yilda “UzAuto Motors” AJ tomonidan davlat byudjetiga jami 1,3 trln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (tovarlar importi uchun to‘lovlar bundan mustasno) to‘langan. Jami davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 0,98 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, tovarlar importi uchun to‘langan bojxona to‘lovlari 2,3 trln so‘mni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, “Fuqarolar uchun byudjet”da ko‘rsatib o‘tilgan yirik soliq to‘lovchilar, faqat respublika ichida to‘laydigan soliqlari bo‘yicha ro‘yxat qilingan bo‘lib, bu to‘lovlar tarkibida respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojxona to‘lovlari kiritilmagan.

Shuningdek, kompaniyaning joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynidagi byudjetga to‘lovlari 751,5 mlrd so‘mni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 950 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda, davlat byudjetining umumiy daromadlari kutilayotgan miqdorida 0,56 foizni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, import qilingan tovarlari uchun shu davrda to‘langan bojxona to‘lovlari 2 trln 376,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing