“UzAuto”: Bozor sharoitida daromad qanchalik o‘sdi?

Biznes

image

Ma’lumki, O‘zbekiston yangi tarixida milliy iqtisodiyot investitsiyalarini jalb qilish maqsadida proteksionistik chora-tadbirlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq so‘nggi yillarda davlat teng biznes sharoitlarini yaratish va shaffoflikni oshirish maqsadida imtiyoz va preferensiyalarni muntazam ravishda qisqartirish yo‘lini oldi. Ushbu o‘zgarishlar avtomobil sanoati faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Soliq imtiyozlarining bekor qilinishi natijasida, jumladan, QQSni o‘z ichiga olgan holda 2021 yildan boshlab “UzAuto Motors” AJ birinchi bor O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari o‘ntaligiga kirdi, sanoat tarmog‘ining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5,6 foizni tashkil etdi. Birgina so‘nggi 5 yil ichida “UzAuto Motors” AJ va 80 dan ortiq boshqa korxonalarni o‘z ichiga olgan “Uzavtosanoat” AJ pandemiya va dunyodagi geosiyosiy vaziyatga qaramasdan jami soliq ajratmalari 22,1 trln so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda “Uzavtosanoat” AJ korxonalari soliqlarni, jumladan, QQSni O‘zbekistondagi barcha xususiy korxonalar bilan bir qatorda to‘laydi. Raqobatning kuchayishi va boshqaruvning yangicha yondashuvi o‘z samarasini bermoqda. 2018 yil holatiga ko‘ra, ham ishlab chiqarish sohasida, ham kompaniya boshqaruvidagi agressiv islohotlar sabab kompaniya o‘sha davrda 1,7 trln so‘m foydani olishga muvaffaq bo‘ldi.

Shubhasiz, kompaniyaning moliyaviy yaxshilanishi “UzAuto” kompaniyasining xalqaro maydondagi imijiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 2021 yilda “UzAuto Motors” London fond birjasiga 300 million dollarlik xalqaro yevro obligatsiyalarni joylashtirdi va shu yil boshida kompaniya mamlakatdagi eng yirik ommaviy taklifni (IPO) amalga oshirdi. Xalqaro kapital bozorining to‘laqonli qatnashchisiga aylangan kompaniya mablag‘larni davlat mablag‘lari ishtirokisiz ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va O‘zbekistonda yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirdi.

Ishlab chiqarish sifatini yanada yaxshilash, avtomobil modellari qatorini yangilash va BIQ-IV (Built-in quality) yuqori xalqaro sifat standartlariga o‘tish O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida avtomobilsozlik konglomeratini yaratish uchun qulay sharoit yaratdi. 2020 yilning martida Qozog‘istonning Kostanay shahrida Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yangi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ular o‘sha yilning o‘zida xaridorlar orasida eng ommabop avtomobillarga aylandi. Bir yil o‘tib, 2021 yil sentyabrda Ozarbayjonning Hajigabul shahrida ishlab chiqarish liniyasi ochildi.

So‘nggi besh yilda sohaning eksport salohiyatini oshirish yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar eksporti hisobiga O‘zbekistonga xorijiy valyuta tushumini qariyb to‘qqiz baravarga oshirish imkonini berdi, 2018 yildagi 58,7 millionga nisbatan yillik hajm 2022 yilda qariyb 554 million dollarga yetdi.

Shubhasiz, mashinasozlik fan va texnika taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi jahon sanoatining muhim tarmoqlaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda yetakchi o‘rinni egallaydi. Metallurgiya, neft-gaz, kimyo sanoati, elektrotexnika va boshqalar ko‘p tarmoqli sanoatdan biri bo‘lib, ularda 1 ta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda 7 ta ish o‘rnini tashkil qiladi. Yuqori muhandislik salohiyatiga ega mamlakatlar orasida yetakchi bo‘lishga imkon beradigan eng ilg‘or texnologiyalar sanoati fan va ishlab chiqarish sohasida o‘z imkoniyatlarini yaratadi va kengaytiradi.

www.uzavtosanoat.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing