O‘z joniga qasd qilgan IIB xodimiga bosim o‘tkazilganmi?
Jamiyat
−
30 iyun 2021
16153Avvalroq, Toshkent viloyatining Angren shahrida IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi o‘zini otib o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi joniga qasd qilgan xodimga bosim o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov “Bu kun” ko‘rsatuviga bergan intervyusida marhumga nisbatan hech qanday bosim bo‘lmaganini aytdi.
Aniqlanishicha, 27 iyunda O‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Angren shahar IIBning xodimlari xizmat faoliyatida intizomga, qonunchilikka bo‘ysunishi ustidan tanqidiy nazorat yig‘ilishi o‘tkazgan.
“Safdor Bekzod Bobomirzayev suhbatda bir o‘zi bo‘lmagan. U rahbarlari bilan birga suhbatdan o‘tgan. Unga kamchiliklari, qo‘pol qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Jarayonda marhum o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tan olgan. Lekin unga hech qanday bosim o‘tkazilmagan”, deydi Bobur To‘laganov.
Bobur To‘laganovning ta’kidlashicha, xizmat xonalari video va audio kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan va barcha suhbatlar qayd qilib boriladi.
Suhbatdan ikki soat o‘tgach, safdor o‘z joniga qasd qilgan.
LiveBarchasi