O‘z joniga qasd qilgan 24 yoshli mahkum haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Navoiyda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum saqlash kamerasida o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. U  Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining hukmiga ko‘ra, 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgani aniqlandi. Bu haqda  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, 24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021 yil 10 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) va 60-moddasi (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ombudsmanga taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, marhum F.Q. muqaddam ruhiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan mahkumlar ro‘yxatida turgan. U jazo muddatini o‘tashi davomida 23-sonli mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxonaning psixiatriya bo‘limida 2 marotaba davolangan.

Marhumning oila a’zolari uning jazo muddatini o‘tashi davomida qisqa va uzoq muddatli uchrashuvga kelishmagani, faqatgina mahkum F.Q. ular bilan 6 marotaba telefon orqali suhbatlashgani aniqlangan.

Shuningdek, marhumning noodatiy xatti-harakatlari sababli muassasadagi boshqa mahkumlar u bilan bir kamerada o‘tirishni istamagani sababli mahkum F.Q. 2023 yil 24 dekabr kunidan buyon alohida saqlangan.

Hozirda holat yuzasidan maxsus prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing