“Uz football awards”: Kim qancha ovoz to‘pladi?

Sport

image

O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ma’lum bo‘ldi.

Yakuniy hisob-kitoblardan so‘ng, O‘zbekiston futbolassotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tashkil qilgan marosimda g‘oliblar nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Eng yaxshi yosh futbolchi:

1. Husain Norchayev — 168 ball
2. Hojimat Erkinov — 86 ball
3. Diyor Xolmatov — 71 ball

Eng yaxshi futzal murabbiyi:

1. Bahodir Ahmedov – 176 ball
2. Shuhrat Tashmedov – 91 ball
3. Ahadjon Yusupov — 87 ball

Eng yaxshi futzalchi:

1. Dilshod Rahmatov – 109 ball
2. Davron Choriyev – 82 ball
3. Husniddin Nishonov — 59 ball

Eng yaxshi murabbiy:

1. Ro‘ziqul Berdiyev – 154 ball
2. Timur Kapadze – 113 ball
3. Ulug‘bek Baqoyev — 93

Eng yaxshi futbolchi:

1. Eldor Shomurodov – 111 ball
2. Jaloliddin Masharipov – 106 ball
3. Husain Norchayev – 61 ball

Eslatib o‘tamiz, mazkur so‘rovnomada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 60 nafar sport jurnalistlari ishtirok etgan. Hisoblash jarayonida nomzodlarga birinchi o‘rin uchun 3 ball, ikkinchi o‘rin uchun 2 ball hamda uchinchi o‘rin uchun 1 balldan berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Futbol O'zPFL Uz Football Awards

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing