O‘z akasini do‘pposlab, pichoqlagan ukaga jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
7088Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida 46 yashar uka 53 yashar akasini do‘pposlab, unga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Voqea joriy yilning 4 iyul kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqorichirchiq tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi 46 yoshli Zokir D. shu mahallada yashovchi akasi 53 yoshli Husan D. bilan akasining uyida suhbatlashib o‘tirib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qoladi. Janjal davomida Zokir akasining turli joylariga qo‘li bilan urib, so‘ng oshxona pichog‘i bilan qo‘l sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada Husan D. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilgan.
O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida Husan D.ning olgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra og‘ir tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Zokir D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi