“Uyquchi Jo”. Tramp yana Baydenning ustidan kuldi

Olam

image
BMT konferensiyasiga kelgan Baydenning uxlab qolishiga bir baxya qoldi (video) north_east

BMT konferensiyasiga kelgan Baydenning uxlab qolishiga bir baxya qoldi (video)

AQSH Prezidenti Jo Bayden Glazgoda (Shotlandiya) bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasida uxlab qolib, bu tadbirga o‘zining qiziqishi yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu fikrni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp bildirdi.  

“Bayden global isish uning eng muhim vazifasi ekanligini aytib, Yevropaga uchib ketdi va keyin konferensiyaning o‘zida, “butun dunyo ko‘z o‘ngida” tezda uxlab qoldi. Munozara mavzusiga haqiqiy ishtiyoqi va ishonchi bo‘lgan odam hech qachon uxlamas edi”, degan siyosatchi keng tarqalgan bayonotida. 

Tramp bu mavzuda Baydenga birinchi marotaba “tosh otmayapti”. U avval ham Baydenni “uyquchi Jo” degan. Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan joriy yil iyundagi uchrashuvi oldidan respublikachi Oq uyning amaldagi rahbariga “uchrashuvda uxlab qolmaslikni” tilagan, shuningdek undan Putinga ezgu tilaklarini yetkazishni so‘ragan. 

Avvalroq, 78 yoshli AQSH Prezidenti Jo Bayden Glazgoda start olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 26-konferensiyasida uxlab qolay degani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing