BMT konferensiyasiga kelgan Baydenning uxlab qolishiga bir baxya qoldi (video)
Olam
−
01 noyabr 2021
1272978 yoshli AQSH Prezidenti Jo Bayden Glazgoda start olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 26-konferensiyasida uxlab qolay dedi. Bu haqda rus nashrlari yozmoqda.
Qayd etilishicha, Amerika yetakchisi bir necha bor ko‘zini yumgan, biroq xodimlardan biri unga “xalaqit bergan”. Prezidentga savol bilan murojaat qilgan xodim davlat rahbarining uyqusini beixtiyor qochirib yuborgan va uni noqulay vaziyatdan qutqarib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Shotlandiyaning Glazgo shahrida butun dunyodan kelgan 200ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan G20 (Katta yigirmatalik) davlatlarining liderlari ishtirokida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu yig‘inga AQSH delegatsiyasi tarkibidi mamlakatning sobiq Prezidenti Barak Obama ham tashrif buyurishi haqida xabarlar ham paydo bo‘lgandi. CNN telekanaliga ko‘ra, sobiq davlat rahbarining safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashdir. Bundan tashqari, CNN manbalari Obamaning xalqaro maydonga chiqishi AQSHning “Donald Tramp hukmronligi yillarida yomonlashgan” obro‘sini tiklashga yordam berishiga umid qilmoqda.
Bungacha Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shifokorlarning dam olish tavsiyasidan so‘ng, Glazgodagi COP26 anjumaniga tashrifini bekor qilgani xabar qilingandi. Bukingem saroyidagi manbalar qirolicha tadbirda qatnasha olmasligidan xafa ekanligini, ammo sammit ishtirokchilariga videomurojaat yuborishini aytdi. Shu bilan birga bugun, 1 noyabr kuni Britaniya OAVda 95 yoshli qirolicha yolg‘iz avtomobil haydab yurgani aytilgan xabarlar hamda fotolavhalar ham tarqaldi.
LiveBarchasi