“Uyquchi Don qaytdi”. Trampning majlisdagi suratlari tanqidlarga uchradi(video)
Olam
−
10 noyabr 2025 7954 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda AQSH Prezidenti Donald Trampning yig‘ilish paytida ko‘zlarini yumgan holatda tushgan suratlari tarqaldi. Oqibatda Prezident demokratlar va tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tanqidga uchradi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Oq uydagi yig‘ilishda Trampning ko‘zlari yumilgan holatda o‘tirgan suratlari tarqalgan. Prezidentning raqiblari bu lavhadan foydalanib, uning ish qobiliyati haqida savol ko‘targan.
Tramp o‘sha kuni mashhur ozish dori vositalari narxining pasaytirilgani haqidagi e’lon tadbirida ishtirok etgan.
“Ba’zi paytlarda Trampning ko‘zlari butunlay yumilgan, boshqa paytlarda esa ularni ochiq tutish qiyin bo‘lgandek tuyulgan. U vaqti-vaqti bilan ko‘zlarini uqalab turgan. Ushbu suratlar Tramp tanqidchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi”, deb yozadi nashr.

Kaliforniya gubernatori, Prezidentning asosiy raqiblaridan biri Gevin Nyusomning matbuot xizmati tadbirdan olingan suratlarni “Uyquchi Don qaytdi” degan yozuv bilan e’lon qilgan.
Bunga javoban Oq uy vakili Teylor Rojers Tramp uxlamaganini bildirgan.
“Prezident uxlamagan, aksincha, u butun tadbir davomida so‘zlagan va matbuotning ko‘plab savollariga javob bergan. Bu tadbir amerikaliklar uchun diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik va boshqa kasalliklar bilan kurashishda yordam beruvchi ikki dorining narxini tarixiy darajada pasaytirish e’loni haqida edi”, deydi u.
Live
Barchasi