Uyqu kapsulasi: Yaponlar endi ofisda tik turib uxlaydi

Texnologiya

image

Yaponiyada kompaniyalar ofislarda uxlash uchun maxsus kapsulalarni o‘rnatmoqchi. Unda ishchilar tik turib uxlashi mumkin. Bu haqda “Gearrice” nashri xabar berdi.

Yaponiya madaniyatiga ko‘ra, fuqarolar uzoq ishlashni kasbiy majburiyat, deb biladi. Bundan tashqari, kompaniyalarning deyarli to‘rtdan bir qismi o‘z xodimlaridan har oy 80 soatdan ortiq qo‘shimcha ishlashini talab qiladi. Natijada ishchilar juda kam dam oladi. Ular odatda ofisning o‘zida, polda yoki hatto hammomda uxlashga majbur. Shu sababdan bir nechta kompaniyalar  ofis ishchilari tik turishlariga qaramay, qulay sharoitda uxlashlari uchun kapsulalar yaratmoqchi.

“Yaponiyada uxlash uchun bir muddat hammomda o‘zlarini qulflab qo‘yadigan odamlar ko‘p, menimcha, bu sog‘lom yo‘l emas. Qulay joyda uxlash yaxshiroq”, dedi Itoki kompaniyasining aloqa direktori Sayeko Kavashima .

Ushbu kapsulalar mebel ishlab chiqishga ixtisoslashgan Itoki korporatsiyasi  va Koyoju Gohan KK fanera yetkazib beruvchisi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ular kelgusi oylarda tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan.

Ushbu uyqu kapsulasining dizayni juda o‘ziga xos, chunki u suv isitgichiga o‘xshash vertikal shaklga ega. 

“Menimcha, ko‘plab yaponiyaliklar tanaffuslarsiz doimiy ishlashga moyil. Umid qilamizki, kompaniyalar buni dam olish uchun yanada moslashuvchan yondashuv sifatida ishlatishlari mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Kavashima.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Dasung kompaniyasi elektron siyohli dunyodagi birinchi monitor-gazetani namoyish etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya uyqu kapsulasi ofislar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing