Uyining kadastri yo‘qlar o‘qisin: Prezident yengillik berdi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 iyul kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida bu xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshriq berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu aholidan tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.

Shu bois Prezident Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlashni topshirdi. Ishchi guruhlar:

•  1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi;

•  uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.

Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident kadastr

Baholaganlar

5083

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing