O‘yindan o‘q chiqdi. Narda o‘yini qotillik bilan yakunlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ikki tanish narda o‘ynab o‘tirib, o‘zaro janjallashishining oxiri baxayr bo‘lmadi. O‘zaro janjal qotillik bilan tugadi.

Joriy yilning 6 may kuni soat taxminan 21:40 da A.U. tanishi S.U. bilan narda o‘ynab o‘tirganda ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan. So‘ng S.U.ning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, ko‘p masofa yurmasdan, avtomashina ichida o‘zaro janjalni davom ettirishgan. S.U. avtomashinani to‘xtatganida, A.U. avtomashinadan tushib S.U.ni urgan vaqtida, u avtomashinasidagi pichoq bilan A.U.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Bosh prokuratura o'yin

Baholaganlar

66

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing