“Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning onasi vafot etdi

Olam

image

Kecha, 30 yanvar kuni “Uyda yolg‘iz” filmi va “Shitts Krik” seriali yulduzi, aktrisa Ketrin O’Xara 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning agenti xabar berdi. 

Ketrin O’Xara amerika-kanadalik aktrisa bo‘lib, u eng avvalo “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin ismli bolaning onasi – Keyt roli bilan tanilgan. Filmda Kevin tasodifan uyda yolg‘iz qolib, o‘g‘rilarga qarshi kurashadi.

2010 yillarning o‘rtalarida O’Xara yana katta mashhurlikka erishdi. U “Shitts Krik” nomli komedik serialda asosiy rollardan birini ijro etdi va yangi muxlislar orttirdi.

Mazkur serial milliarderdan bankrotga aylangan oila haqida bo‘lib, ular kichik provinsial shaharchaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. 

Ketrin O’Xara professional faoliyatini 1970 yillarning o‘rtalarida Kanadada boshlagan. U komedik teleko‘rsatuvlarda qatnashgan, nafaqat aktrisa, balki ssenariy muallifi sifatida ham ishlagan. Aynan ssenariy yozishdagi hissasi uchun u 1982 yilda ilk bor “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Uning faoliyatidagi eng katta sakrash 1990 yilda chiqqan “Uyda yolg‘iz” filmi bilan bog‘liq. Film syujeti bo‘yicha oilasi bilan sayohatga chiqqan Kevin samolyotda emasligi faqat parvoz paytida ma’lum bo‘ladi va onasi o‘g‘lini qutqarish uchun uyga qaytishga harakat qiladi.

Ketrin O’Xara bu rolni 1992 yilda suratga olingan “Uyda yolg‘iz 2” filmida ham takrorlagan.

“Uyda yolg‘iz” filmi bugungi kungacha eng mashhur Yangi yil filmlaridan biri hisoblanadi. U hanuzgacha telekanallarda namoyish etiladi va platformalarda katta mashhurlikka ega. 

2010 yillarning o‘rtalarida Ketrin O’Xara “Shitts Krik” seriali orqali yana katta muvaffaqiyatga erishdi. Serial 2015–2020 yillarda Kanadaning CBS telekanalida namoyish etilgan va jami 6 mavsumdan iborat.

So‘nggi yillarda ham Ketrin O’Xara faol ijod qilishda davom etgan. U yaqinda “Bizdan qolganlar” serialining ikkinchi mavsumida rol ijro etgan.
2025 yilda esa u Set Rogen suratga olgan “Kinostudiya” serialida ishtirok etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni Kevin onasi aktrisa Ketrin O’Xara bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uyda yolg'iz Kevin Ketrin O’Xara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing