O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha... Endi Qozog‘istonda hokimlar saylanadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi saylovlari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Qonun bilan mamlakatda tuman bo‘ysunuvidagi barcha shahar, qishloq, posyolka va qishloq okruglari ma’muriyati rahbarlarini (akim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi tomonidan saylanishi joriy qilinmoqda. Shuningdek, siyosiy partiyalarning Majlis (parlament)ga saylanish uchun o‘tish chegarasi kamaytirilgan.

Qonunga ko‘ra, tuman bo‘ysunuvidagi barcha shahar, qishloq, posyolka va qishloq okruglari ma’muriyati rahbari bo‘lish uchun nomzodlar biror partiyadan yoki mustaqil ravishda ilgari surilishi mumkin. Buning uchun nomzod tegishli hudud aholisining 1 foizi imzosini yig‘sa kifoya.

25 yoshga to‘lgan ishga layoqatli, sudlanmagan Qozog‘iston fuqarosi saylovlarda nomzodini ko‘rsatishi mumkin.

Yangi qonunga ko‘ra, Qozog‘istonda 2021 yilning ikkinchi yarmidayoq 836 ta ma’muriy birlikda akimlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovi o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, parlament saylovi natijasiga ko‘ra parlamentdan joy oladigan partiyalar uchun ovoz yig‘ish chegarasi 7 foizdan 5 foizga pasaytirildi.

Bundan tashqari, barcha darajadagi saylov byulletenlarida “Barchaga qarshi” bandi ham kiritiladi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda ham hokimlarni xalq tomonidan saylash tartibini joriy qilish kerakligi masalasi bir necha marta ko‘tarildi. Ammo hozircha bunga erishilgani yo‘q. Hokimlarni saylash muhimligi haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zim ham bir necha marta aytib o‘tgan. Davlat rahbari joriy yilning mart oyida Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida hokimlarni saylash tizimini joriy qilish haqida gapirib, jamiyat hali bunga tayyor emasligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston saylov

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing