Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga yangi vazifalar yuklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjatga ko‘ra, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi va uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

•    suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish;

•    suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini o‘tkazish, zarur bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

•    Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

•    toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etish, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etish;

•    suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash.

Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni tashkil qilish va muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing