“Uy sotib olishda ehtiyot bo‘ling”. Toshkentda noqonuniy qurilgan binolar buzilyapti

Jamiyat

image

Toshkent shahrida tegishli tahlillar o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi.

“Amaliyot va tahlillar ko‘rsatganidek, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, ya’ni ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi. 

O‘z navbatida, Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, hokimlik ushbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo‘lishni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashishni so‘ragan. Unga ko‘ra, Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.

“Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling. Faqat ishonchli va rasmiy ma’lumot manbalariga ishoning, aniq ma’lumot olish uchun shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210−01−63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiling”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent demontaj noqonuniy binolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing