Uch kun uyida davolangan koronavrusga chalingan erkak vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlari soni 135 nafarga yetdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (erkak)da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan. 18 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, so‘ng kasallikning klinik belgilari kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan va og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing