O‘tgan yil davomida salkam 3 ming nogironligi bor shaxslar soliqdan aldangan
Jamiyat
−
04 may 2019
4260Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Respublika Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Murodovning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qo‘llanishi ahvoli o‘rganilib, respublika bo‘yicha 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga soliq imtiyozlari qo‘llanilmay kelinganligi aniqlangan.
Ushbu holatning kelib chiqishiga imtiyozga ega nogironligi bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar muntazam tahlil qilib borilmaganligi, soliq, moliya idoralari, pensiya jamg‘armalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilmaganligi sabab bo‘lgan.
O‘rganish natijasida 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning barchasiga 327,1 mln. so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilishi, shu jumladan 2 694 nafari 184 mln. so‘m yer solig‘idan ozod qilinishi ta’minlandi.

LiveBarchasi