O‘tgan yarim yillikda qariyb 5 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotildi
Jamiyat
−
27 iyul 1899 1 daqiqa
Energetika tizimida tarmoqdagi elektr energiyasi yo‘qotishlari o‘tgan yarim yillikda qariyb 5 milliard kilovatt-soat bo‘lgan. Bu haqda Prezident bugun, 27 iyul kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.
Qayd etilishicha, tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.
Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori.
ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.
Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning iyun–iyul oylarida elektr tarmoqlarida qariyb 4 mingta avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolgani ma’lum qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust